Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

BOMCA vakillari trening mashg‘uloti o‘tkazdi

13 Aprel 2023, 07:04

1150

13-aprel kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak dasturi (BOMCA) tomonidan navbatdagi trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Onlayn formatda o‘tgan tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘is va Latviya Respublikalarining asosiy hamkorlar sifatida belgilangan davlat organlari va tuzilmalari vakillari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi ixtisoslashgan ilmiy markazlar va ta’lim muassasalaridan ekspert hamda mutaxassislar ishtirok etdi.     

Trening odam savdosi qurbonlari, noqonuniy migrantlar, shuningdek terrorchi shaxslar profilini aniqlashning zamonaviy usullari bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirishga bag‘ishlandi. Xorijlik mutaxassislar tomonidan chegara va bojxona punktlarida profayling metodi orqali ushbu toifadagi shaxslarni aniqlash, taqiqlangan buyum va vositalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish, shubhali shaxs va yuklarni tekshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazildi. 

Mintaqa davlatlarida chegara nazoratini xalqaro tajriba va standartlarga moslashtirish maqsadida tashkil etilgan treningda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham qizg‘in fikr almashdilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech