“Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “SOS bolalar shaharchasi”da ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida maskan tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi. Shundan so‘ng hududlarga 142 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Faol kursantlarning sa’y-harakati bilan ko‘kalamlashtirish yumushlari bajarilib, ekilgan manzarali daraxtlarga ishlov berildi.
Quvonarlisi, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida poytaxtimizning boshqa mahallalariga ham daraxt ekish rejalashtirilgan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati