IIV Akademiyasida ekspert-kriminalistika sohasining zamonaviy imkoniyatlariga bag‘ishlangan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Kriminalistik ekspertizalar va Tergov faoliyati kafedralari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazi vakillari, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida ekspert-kriminalistika sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy qurilmalar, ularning imkoniyatlari, ommaviy tartibuzarliklarning oldini olishda maxsus texnika va vositalardan foydalanish videorolik tarzida ko‘rsatib berildi.
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i, polkovnik Saidolim Nuriddinov boshchiligidagi tajribali amaliyot xodimlari tomonidan kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati