Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bo‘lajak ekspert-kriminalistlar uchun davra suhbati

16 May 2024, 09:05

517

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati yig‘ilganlar uchun qiziqarli bo‘ldi.

Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, tezkor-qidiruv va ekspert-kriminalistika ixtisoslik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etgan tadbir sud-buxgalteriya ekspertizasiga bag‘ishlandi.

IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi katta eksperti, podpolkovnik O‘tkirbek Qutliev iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va fosh etish usullari, sud-buxgalteriya ekspertizasini o‘tkazish tartibi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar buxgalteriya hisobi hujjatlarini tadqiq qilish metodlari, buning uchun ekspert mutaxassis oldiga qo‘yiladigan savollar, ulardan talab etiladigan zarur bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil to‘xtaldi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonining dolzarb ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tildi. Kursantlar tizimdagi islohotlar va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech