IIV Akademiyasida fuqarosizlikni kamaytirish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribaning muhim xususiyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan fuqarosizlikni kamaytirish bo‘yicha global miqyosda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tavsiya va majburiyatlar, mazkur sohada O‘zbekiston tomonidan erishilayotgan ijobiy natijalar, fuqarosizlik muammosini hal etishda hamkorlikning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Kursantlar dunyoda va mintaqamizda fuqarosizlik bilan bog‘liq vaziyat, uning sabab va oqibatlari, Fuqarosizlik to‘g‘risidagi konvensiyalar yuzasidan ko‘nikmalarini oshirdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati