Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bitiruvchi kurs vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda IIV JXD huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati vakillari, kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursining “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Yoshlar bilan muloqot huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktika inspektorlari zimmasidagi dolzarb vazifalar, aholi bilan manzilli ishlash, ayniqsa “mahalla yettiligi” tizimini samarali tashkil etish masalalari, sohadagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish omillari xususda so‘z bordi.
Davra suhbatida IIV JXD HPX boshlig‘i o‘rinbosari Rahim Naimov, akademiya boshlig‘i yordamchisi Ismoil Himmatov, magistratura tinglovchisi Hidoyat To‘rayeva so‘zga chiqib, bo‘lajak bitiruvchilarga zarur amaliy tavsiyalar berdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati