30-yanvar kuni yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
Sana munosabati bilan IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistrlar poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo qilingan ushbu majmua buyuk davlat va siyosat arbobining umr yo‘li haqida yorqin tasavvur uyg‘otishga xizmat qildi.
Shu kuni ta’lim muassasining ma’naviyat va ma’rifat maskanida “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” mavzuida ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Professor-o‘qituvchilar, ofitser va kursantlar ishtirok etgan tadbirda Birinchi Prezidentimizning hayoti, serqirra faoliyati, mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyot yo‘lidagi ulkan xizmatlari, ezgu fazilatlari, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati