30-yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tuvallud topgan kun. Sana munosabati bilan poytaxtimizdagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi har qachongidan gavjum bo‘ldi.
Keng jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim muassasalari yoshlari qatori, IIV Akademiyasi kursantlari ham yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk davlat arbobining yorqin siymosini xotirladilar.
Tadbir avvalida ehtirom ramzi sifatida Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yildi. Shu yerning o‘zida yoshlarga Birinchi Prezidentimiz hayoti, uning serqirra va murakkab faoliyati, mustaqillik yillari ro‘y bergan tarixiy voqealar, ayniqsa xalqimiz bosib o‘tgan sinovli davrlar haqida ma’lumot berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati