Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Birgalikda bir kuchmiz!

25 Mart 2023, 06:03

756

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi harbiy va harbiylashtirilgan oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

“Birgalikda bir kuchmiz!” shiori ostida do‘stona ruhda tashkil etilgan tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Bojxona instituti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoalari ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov qiziqarli chiqishlar va taassurotlarga boy o‘tdi. Kursantlar “Tanishuv”, “Musiqiy biatlon”, “Erkin mavzu” shartlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Yoshlar ijrosida Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech