Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimli yoshlarga Konstitutsiya

07 Dekabr 2023, 08:12

786

Yangilangan Konstitutsiyamizda yoshlar masalasiga ustuvorlik berilgan. Bu ham yoshlar huquqlarini himoya qilishga ulkan e’tibor qaratilayotgani, kelajak avlod vakillari davlat himoyasida ekanligini ko‘rsatadi.

Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyatidagi akademik litseyida Bosh qomusimiz qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quv maskani direktori Jonibek Davronov, IIV Akademiyasining Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti Xayrulla Qilichev, Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi o‘qituvchisi Tohir Jo‘rabekov so‘zga chiqib, asosiy qonunimizning mazmun-mohiyati, ayniqsa yoshlar huquqlari mustahkamgan normalar, ular uchun yaratilgan konstitutsiyaviy imkoniyatlar, kelajak avlodlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, yuksak daxldorlik ruhida tarbiyalashda Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi. 

Targ‘ibot tadbiri yakunida viktorina o‘tkazilib, faol va bilimli o‘quvchilarga Konstitutsiya kitobi sovg‘a qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech