Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimli kursantlar rag‘batlantirildi

20 Sentyabr 2023, 04:09

1133

Faol, bilimli va tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizning ertangi kuni uchun mustahkam poydevor yaratib, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhtabar Husanova, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda kunduzgi ta’limning “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etdi.

Tadbirda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amaliyotga tatbiq qilinayotgan mexanizmlar, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, mazkur faoliyatning huquqiy asoslari hamda qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

Soha vakillari jinoyatchilikni jilovlashda har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib ijobiy tajribalar yaratilayotgani, profilaktika inspektorlariga qo‘yilayotgan dolzarb talablar tobora oshib borayotganini ta’kidlab, kursantlarga zarur tavsiyalar berishdi. Uchrashuv so‘nggida bir guruh a’lochi yoshlar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan rag‘batlantirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech