Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimlar shaffof va adolatli baholandi

23 Iyul 2025, 07:07

166

IIV akademiyasi magistraturasida yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi hamda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshirib, magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas’ullari, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari rahbarlari hamda akademiya professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiya tomonidan qabul qilindi.

Aytish joizki, keyingi yillarda magistraturada o‘qitishning ilg‘or yondashuvlari joriy qilindi. Tizim uchun zamonaviy boshqaruv kadrlarini tayyorlash maqsadida tinglovchilarga qo‘yilayotgan talab va mezonlar kuchaytirildi. Xususan, har bir tinglovchining KPI ko‘rsatkichini yuritish, fanlarni o‘zlashtirishini muntazam monitoring qilish, rahbarlik qobiliyatini shakllantirib borish va boshqa mexanizmlar yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, magistrlik dissertatsiyalarini hududiy ichki ishlar organlaridan kelib tushgan buyurtmalar asosida tayyorlash, mavjud muammolarning yechimlariga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish tizimi yaratildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasida shu kabi muhim barcha mezonlarga alohida e’tibor qaratildi va tinglovchilarning bilimi xolisona baholandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech