Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimlar mustahkamlandi

15 Noyabr 2021, 07:11

1324

Akademiyaning Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tomonidan o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kunduzgi ta’lim bakalavriatining 2-bosqich kursantlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulot O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi “Olmazor o‘quv sport texnika klubi" unitar korxonasi o‘qituvchisi tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari, transport vositalari egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi majburiyatlari, yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash, haydovchilarni tayyorlashga doir talablar, xususan, haydovchini tavsivlovchi ko‘rsatgichlar, haydovchi mehnatini tashkil etish va uning kasbiga munosibligini aniqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bilimlar mustahkamlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech