Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “tezkor-qidiruv faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlari uchun viktorina o‘tkazildi.
Bilimlar bahsida 2-o‘quv kursidan shakllangan oltita jamoa 5 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ichki ishlar vazirligi Jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi vakillari hamda ta’lim muassasasining Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarning chiqishlarini baholab borishdi.
Nihoyat, bellashuv yakunida 201-guruhning “Legenda” jamoasi viktorina g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati