Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimlar bahsida tenglik

18 May 2023, 02:05

837

Bojxona institutida mazkur o‘quv maskani va IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Unda jamoalar to‘rt shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Birinchi shartda ishtirokchilar qiziqarli sahna ko‘rinishi orqali o‘z jamoalarini tanishtirib o‘tdilar. Ikkinchi shartda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvga oid bilimlar sinovdan o‘tkazildi. Uchinchi shart muammoli masalani yechishga bag‘ishlangan bo‘lsa, so‘nggi shartda kursantlar tomonidan hajviy sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Jamoalarning chiqishini Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar baholab bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, har ikkala jamoa teng ball to‘plab, tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech