IIV Akademiyada fakultetlararo “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbir davlatimiz rahbarining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar va magistratura tinglovchilari qatnashgan bellashuvda jami 32 ta savol o‘ynaldi. Ayniqsa tarix, adabiyot, huquq va boshqa fanlarga oid savollar ishtirokchilarni chinakam mushohadaga undadi.
Bilim va xotira charxi o‘yini yakunida Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati fakulteti jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, Tergov-kriminalistika faoliyati fakulteti jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati