Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimdonlar bahsi

16 May 2024, 09:05

750

Yangilangan Konstitutsiyamiz mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar jarayonida “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarishning mustahkam huquqiy kafolati bo‘ldi. Shu bois, barchamiz Bosh qomusimizni o‘qib-o‘rganishimiz, unga amal qilishimiz zarur.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan viktorina kursantlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida konstitutsiyaviy normalarning mazmun-mohiyati va ustuvor maqsadini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tashkil etgan tadbirda kunduzgi ta’limning 2-o‘quv kursi kursantlaridan iborat to‘rtta jamoa bellashdi. “Tanishuv”, “Savol-javob”, “Sahna ko‘rinishi” va “Sardorlar bellashuvi” shartlari orqali yoshlar jamiyatimizda kechayotgan ulkan yangilanishlardan qanchalik boxabarliklari, islohotlarga bo‘lgan daxldorliklari, kasbiy bilimlari bilan birga, sahna va notiqlik mahoratini namoyon etishga harakat qildilar. Qiziqarli o‘tgan viktorina yakunida “Miranda” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech