Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Beshlik” vakillari bilan muloqot

27 Iyun 2023, 08:06

995

Qarshi tumanidagi “G‘afur G‘ulom” mahalla fuqarolar yig‘inida “beshlik” vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

IIV Akademiyasining Ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida mahallaning kriminogen vaziyati tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “beshlik” vakillarining asosiy vazifalari tushuntirildi. Hududdagi muammolar, xususan, aholining “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan qatlamlari bilan manzilli ishlash, ularni qiynayotgan masalalarni hamjihatlikda hal etish, yoshlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Muhokama yakunida kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida muhim chora-tadbirlarni belgilash, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlarning “beshlik” vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech