Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Benazir shoh va shoirga ehtirom

14 Fevral 2023, 07:02

785

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi.

Shoh va shoir haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli ijodkorlar, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Adabiyot kechasida Bobur va boburiylar davri ilmiy-adabiy merosining insoniyat tamaddunida tutgan beqiyos o‘rni, shoir tomonidan yaratilgan bebaho asarlarning yuksak ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ulug‘ allomalar yetishib chiqqan yurtimizda yosh avlodni ma’naviyatimizning asl ildizlaridan oziqlantirish, ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar e’tirof qilindi.

Tadbirning badiiy qismi O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ijrosida yangragan mumtoz qo‘shiqlar, mard va jasur o‘g‘lonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, Bobur she’riyatidan o‘qilgan g‘azallar bilan davom etdi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech