IIV Akademiyasining Ma’muriy huquq kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan viktorina yoshlarning sohaga doir bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Viktorinada kunduzgi ta’limning 2-bosqichida ta’lim olayotgan kursantlardan iborat jamoalar uch shart bo‘yicha bellashdi.
Dastlabki shartda ishtirokchilarning bilim salohiyati sinov qilingan bo‘lsa, keyingi shart tezkor savol-javob tarzida o‘tdi. So‘nggi shartda har bir jamoaga huquqbuzarlik holati aks etgan videomaterial taqdim qilindi. Kursantlar sodir etilgan holat yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlarni sharhlab berdilar.
Bahs-munozara tarzida o‘tgan tadbir yakunida eng yuqori ball to‘plagan “Yuristlar” jamoasi “Ma’muriy huquq bilimdoni” viktorinasining g‘olibi bo‘ldi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati