Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Belarus delegatsiyasi IIV Akademiyasiga keldi

16 Noyabr 2022, 08:11

1206

Ayni paytda Belarus Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida xorijlik mehmonlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muloqot chog‘ida delegatsiya a’zolariga ichki ishlar organlari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos yondashuvlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek mehmonlar ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, infratuzilma obyektlari va mavjud salohiyatni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashdilar.

Aytish joizki, mazkur tashrif davomida Belarus Respublikasi vakillari Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasida bo‘lib, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasining ilg‘or jihatlarini o‘rganadilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech