Erta tongdan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi saf maydonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv dargohi rahbariyati, tizim xodimlari va kursant ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda so‘z chiqqanlar o‘zida juda katta maʼno-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir ekanligini alohida taʼkidladilar.
Chindan ham, ona Vatanimiz bayrog‘i O‘zbekistonning milliy suverenitetini, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lini bildiradigan muqaddas ramzlarimizdan biri. Uni sharaflash, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtimiz fuqarolarining burchidir.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati