Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Bayrog‘im – iftixorim!”

17 Noyabr 2023, 07:11

820

Ona Vatanimiz bayrog‘i mustaqillik timsoli. U har bir yurtdoshimiz qalbida cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Davlat bayrog‘imiz qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Bayrog‘im – iftixorim!” mavzuida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik Anvarjon Kurganov so‘z olib, davlatimiz ramzlarining yuksak ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Yosh avlodning davlat razmlaridan faxrlanish hissini yuksaltirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tanlovda Bekjon Jabborov, Behruz Eshmurodov hamda Shahboz Sobirovning ijodiy ishlari faxrli o‘rinlarga munosib deb topildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech