Yangi yil bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan tadbir bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.
Tashkilotchilarning aytishicha, savdo yarmarkasiga aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keltirildi. Go‘sht, baliq, tuxum va boshqa mahsulotlar nisbatan ko‘proq sotildi.
Yarmarka davomida xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatilganini ham aytib o‘tish joiz. Ayniqsa narxlarning birmuncha arzonligi, savdolarning plastik kartalar orqali amalga oshirilgani barchaga manzur bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmatи