Yangi yil bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab arzonlashtirilgan narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan yarmarkaning ilk kuni xaridorlar bilan gavjum bo‘ldi. Unda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlar savdoga qo‘yildi. Mahsulotlarning sifati, hamyonbop narxi va peshma-pesh yetkazib berilayotgani xodimlarga qo‘shimcha qulaylik tug‘dirmoqda.
– Yarmarka bayramga munosib tuhfa bo‘ldi, – deydi podpolkovnik Sadriddin Isomiddinov. – Ayniqsa go‘sht va baliq mahsulotlari, sarxil mevalarning narxi arzon. Imkoniyatdan foydalanib, oilaviy dasturxonimiz uchun turli mahsulotlar xarid qildim.
Yarmarka o‘z ishini davom ettirmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati