Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Basketbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

03 May 2023, 04:05

818

25–29-aprel kunlari poytaxtimizda oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Davlat xavfsizlik xizmat akademiyasi sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada Ichki ishlar vazirligi, Qurolli Kuchlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti hamda mezbon jamoa vakillari qatnashdi.

 Reglamentga ko‘ra, jamoalar bir guruhdan o‘rin olib, aralash tarkib bilan aylanma tizimda musobaqani davom ettirdi. Terma jamoamiz a’zolari dastlabki ikki o‘yinda muhim ochkolarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi bahslar raqiblarimiz foydasiga hal bo‘ldi.

Shu tariqa Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi eng ko‘p ochko jamg‘argan holda musobaqa g‘olibiga atalgan kubokka ega chiqdi. Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi vakillari ikkinchi, IIV Akademiyasi jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech