Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi ulkan ehtirom bilan nishonlandi.
Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, boburshunos olimlar, ijodkorlar, shuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari qatnashdi.
So‘zga chiqqanlar milliy adabiyotimizning yirik namoyandasi, qomusiy olim, buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur merosining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ulug‘ ajdodimizning umr yo‘li, asarlari bugungi avlodlar uchun vatanparvarlik maktabi ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida mehmonlar shoirning benazir g‘azallaridan parchalar tinglab, sahna ko‘rinishlarini tomosha qildilar. Yoshlarga Bobur va boburshunoslikka oid kitoblardan sovg‘a qilindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati