O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida munosib nishonlanmoqda.
Ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan bayram tadbirida Akademiya rahbariyati, tizim faxriylari va o‘qituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Akademiya jangovar bayrog‘i olib kirildi. Orkestr ijrosida ona Vatanimizning mangu qo‘shig‘i – Davlat madhiyamiz yangradi.
O‘quv dargohi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Husniddin Davronov yig‘ilganlarni mamlakatimiz tarixidagi shonli sana bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Qayd qilinganidek, o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan mamlakatimizda Konstitutsiyamizning ahamiyati va hayotbaxsh qudrati tobora ortib bormoqda. Bosh Qomusimizda inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shu ma’noda, Asosiy Qonunimizga amal qilish jamiyatimizda yashayotgan har bir fuqaroning mas’uliyatli burchi va vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
Tadbir davomida ona Vatanimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yagnradi. Kursantlar o‘z sahna chiqishlari orqali Bosh Qomusimizni madh etib, milliy o‘zligimiz, boy an’ana va qadriyatlarimizga yuksak sadoqat namunalarini namoyon etdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati