O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistrlari uchun uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar bugungi global davrda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning dolzarb ahamiyati, yurtimizdagi turli dinlar tarixi va rivojlanishi, dinlararo munosabatlarning mohiyati, jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Shu kuni tinglovchilarga poytaxtimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi, uning faoliyati haqida ma’lumot berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati