Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Aziz va mo‘tabardir, yurtim bayrog‘i

19 Noyabr 2024, 06:11

316

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O‘zbekistonimiz bayrog‘i qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taniqli sportchilar, ziyolilar, iste’dodli ijodkorlar ishtirokida o‘tgan tadbirda g‘urur va iftixorimiz ramzi – muqaddas bayrog‘imiz madh etildi.

Jahonga mashhur bokschimiz Bahodir Jalolov, olima Feruza Muhiddinova, shoir Anvar Nishon so‘z olib, O‘zbekistonimiz bayrog‘ining hayotbaxsh qudrati haqida to‘lqinlanib gapirdilar.

Vatan timsollari har bir yurtdoshimiz qalbiga yuksak g‘urur va iftixor tuyg‘ularini baxsh etishi, bayrog‘imizda xalqimizning tarixiy orzu-umidlari va ezgu intilishlari mujassamligi, u farovon hayotimizning timsoli ekanligi e’tirof etildi. Davlat ramzlarini e’zozlash va himoya qilish yurtga daxldor har bir insonning muqaddas burchi sanalishi aytib o‘tildi. 

– Jonajon Vatanimiz bayrog‘i har birimiz uchun qadrli. Uning mag‘rur hilpirashi ko‘nglimizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bugungi tadbir davlatimiz bayrog‘i hayotimizdan mustahkam joy olganini yana bir bor namoyon etdi. Zero, yoshlarning vatanparparlik ruhini yuksaltirish yurt timsollarini ulug‘lashdan boshlanadi, – deydi kapitan Muyassar Saparova.

Tadbir bayrog‘imiz sha’niga aytilgan mulohazalar, Vatanimizni tarannum etuvchi qo‘shiq va she’rlar bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech