Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ayollar ma’naviyati – oila mustahkamligi poydevori

12 Dekabr 2023, 07:12

670

Mamlakatimiz xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, jamiyat hayotining faol ishtirokchisiga aylantirish kabi maqsad va vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sanaladi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ayollar ma’naviyati – oila mustahkamligi poydevori” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respbulikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassislari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va ayol xodimlar ishtirok etdi. 

Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. So‘z olganlar yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, ayniqsa xotin-qizlar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini hal qilish borasidagi ezgu ishlarni e’tirof etishdi.

Ma’rifatli ayollar yurt kelajagining mustahkam poydevor ekanligi, oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan dasturlar ana shu maqsadda hayotga izchil tatbiq qilinayotgani aytib o‘tildi.

Tadbirda xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy qarashlarini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni milliy o‘zligimizga yot tahdidlar va tazyiqlardan asrash masalalari xususida mulohazalar bildirilib, mutaxassislarning tavsiyalari tinglandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech