Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Axborot texnologiyalari bilimdonlari bellashdi

14 Aprel 2023, 09:04

943

IIV Akademiyasi kursantlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Kiberxavfsizlik bilimdonlari” mavzuida viktorina o‘tkazildi.

Unda 8 ta jamoa ishtirok etdi. Kursantlar dastlabki shartda internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan jinoyatchilarga qarshi kurashishda uchrayotgan muammoli vaziyatlarni ko‘rsatib berdilar. Ikkinchi shart tezkor savol-javob tarzida o‘tgan bo‘lsa, so‘nggi shartda sohaga doir amaliy topshiriq bajarildi.

Hakamlarning qaroriga binoan, “Intellect” jamoasi viktorina g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, qolgan o‘rinlarni “Login” va “Teorema” jamoalari egalladi.

Shuningdek Akademiyaning bir guruh iqtidorli kursantlari Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o‘tkazilgan kibersport musobaqasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Harbiy va harbiylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda yoshlarimiz jami 16 jamoa orasidan ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech