Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” soha xodimlarining dunyoqarashini yuksaltirish, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatini kuchaytirish, shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari tomonidan IIV Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Asl xazina” spektakli namoyish qilindi. Komediya janridagi ushbu asar muallifi yozuvchi Shukrullo Mahkamov bo‘lib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ahad Parmon sahnalashtirgan.
Hayotiy voqealarga asoslangan spektakl tomoshabinni mushohadaga undaydi. Odamzot tabiatidagi ayrim qusurlar sabab o‘tkinchi havaslarga berilmaslik va insonga berilgan asl ne’matlarning qadriga yetish asar bosh g‘oyasidir. Taniqli va mahoratli aktyorlar jamoasi ijrosidagi spektakl xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati