Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

AQShlik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tdi

29 Iyun 2024, 07:06

487

10–28-iyun kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun terrorizmga qarshi kurashish maqsadlariga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil qilindi.

AQSh Davlat departamentining “Terrorizmga qarshi kurashishda ko‘mak” dasturi asosida tashkil qilingan mashg‘ulotlarni tajribali mutaxassislar olib bordi. Tinglovchilar hozirgi sharoitda yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdidlar, terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar, ularning oldini olish usullari, bu turdagi jinoyatlarni fosh etishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa mavzularda ma’ruzalar tingladilar.

Tavsiyalarga boy o‘tgan, xalqaro va tajribaning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan o‘quv kurslari yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech