Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Armrestlingchilarimizda 7 ta medal

06 Dekabr 2023, 09:12

566

4-5-dekabr kunlari Bojxona institutida armrestling sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga binoan o‘tkazilgan musobaqada Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurolli Kuchlar akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda mezbon jamoa vakillari ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida IIV Akademiyasi kursantlari jami yettita medal qo‘lga kiritdi. Jumladan, Shuhratjon Xo‘jaahmadov (60 kg) chap qo‘lda oltin, o‘ng qo‘lda kumush, Mo‘minmirzo G‘afforov (55 kg) chap qo‘lda kumush, Javohir Normamatov (65 kg) chap qo‘lda kumush, Bobur Ashurboyev (75 kg) o‘ng va chap qo‘llarda ikkita bronza, Bekzod G‘ulomjonov (80 kg) o‘ng qo‘lda bronzaga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech