Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

AQSHlik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tdi

25 May 2024, 08:05

473

13–24-may kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida AQSh Davlat departamentining “Terrorizmga qarshi kurashishda ko‘mak” dasturi asosida o‘quv kursi tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlarga Bosh prokuratura xodimlari hamda akademiyaning ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari jalb qilindi. Malakali konstuktorlar tomonidan terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tergov harakatlarini olib borishning taktika va metodikalari, tergov jarayonida jamoatchilik ishtiroki va inson huquqlarini ta’minlash, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlik qilish, bu borada AQSh tajribasining o‘ziga xos jihatlari haqida tushuncha berildi.

Tinglovchilar terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy usul va yondashuvlari bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. O‘quv kursi yakunida barcha qatnashchilarga sertifikat berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech