Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyot xodimi ishtirokida davra suhbati

12 Dekabr 2023, 08:12

581

Ta’limga innovatsion yondashish kadrlar tayyorlash samaradorligini ta’minlaydi.

IIV Akademiyasida tashkil qilingan galdagi davra suhbati kursantlarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga xizmat qildi. Unda “tashkiliy-shtab faoliyati” va “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ixtisoslik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan kursantlar hamda Tashkiliy shtab faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Davra suhbati mehmoni, IIV Tashkiliy departamenti Situatsion-tahliliy markazi o‘rinbosari, podpolkovnik Bekzod Yusupov ichki ishlar organlari navbatchilik xizmatlari faoliyatini tashkil etish va tizimning huquqiy asoslari haqida ma’ruza qildi.

Qiziqarli o‘tgan tadbir davomida kursantlar kelgusidagi xizmat faoliyatlariga yordam beradigan zarur amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, ularga Situatsion-tahliliy markazi faoliyati, maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech