Zamonaviy ta’limning muhim xususiyatlaridan biri nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashdir. Bu kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlashga, kelgusidagi faoliyat uchun zarur malakani shakllantirishga yordam beradi.
IIV Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari navbatdagi malakaviy amaliyotni Toshkent viloyati IIBBda o‘tadilar. “Ichki ishlar organlarining tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish” o‘quv moduli yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan amaliyot davrida tinglovchilarga tajribali amaliyot xodimlari biriktirildi.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichining o‘ziga xos jihatlari, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini samarali tashkil etish, amaliyotdagi yutuqlar va mavjud muammolar bilan tanishuv jarayoni boshqaruvga doir bilim hamda ko‘nikmalarni egallab kelayotgan tinglovchilar uchun foydali bo‘ldi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati