Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyot maqsadsiz o‘tmasin

18 Iyul 2023, 08:07

954

Kecha poytaxtimizning Chilonzor tumanida IIV Akademiyasi kursantlarining o‘quv tanishuv hamda ish o‘rganish amaliyotini tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati rahbariyati, Akademiya kunduzgi ta’limining 1 va 2-o‘quv kurslarida tahsil olayotgan kursantlar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotga biriktirilgan xodimlar ishtirok etdi.

– Amaliyot davri nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim jarayon hisoblanadi, – dedi Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Akmal Adilov. – Kursantlar o‘zlariga biriktirilgan murabbiylarining amaliy tajribasidan foydalangan holda zarur kasbiy ko‘nikmalarni egallashlari kerak. Bu ularning kelgusidagi xizmat faoliyatiga mustahkam zamin yaratadi.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan talablar yetkazildi. Amaliyot davrida Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, tizim obro‘yiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xatti-harakatlar sodir etmaslik bo‘yicha kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, o‘quv jarayonida tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh kursantlarning ota-onalariga Akademiya boshlig‘ining minnatdorlik xatlari topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech