Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyot zarur ko‘nikmalarni shakllantiradi

23 Dekabr 2021, 11:12

1851

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudida sayyor mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim bakalavriati 2-bosqich kursantlari ishtirok etdi.

“Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha yo‘l xarita”ning tegishli bandi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan sayyor mashg‘ulot avvalida kursantlar sud majlisida qatnashdilar. Galdagi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi hamda 251-moddaning uchinchi qismi, “a” bandida nazarda tutilgan qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli hukm o‘qildi.

Sud muhokamasidan so‘ng o‘tkazilgan davra suhbatida shaxs huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyat ishlarini tergov qilish amaliyotini takomillashtirish, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek Akademiyaning Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tomonidan Toshkent shahar IIBB YHXBda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq ishlarni yuritish bo‘limi katta inspektori, podpolkovnik A.Mirzahamdamov kursantlarni qiziqtirgan jihatlarni batafsil yoritib berdi

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech