Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Alisher Navoiy – bashariyatga daxldor alloma

08 Fevral 2025, 07:02

38

Yurtimizda buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda.

IIV akademiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda olimlar, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va kursantlar yig‘ildi.

Adabiy-ma’rifiy kechada Fanlar akademiyasi qoshidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Anvar Allambergenov, IIV akademiyasi O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Davron Razzoqov, O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari Abduvahob Xoliqov so‘z olib, Navoiy merosining yuksak qiymatiga to‘xtaldi.

Jahon ilm-fanida o‘chmas iz qoldirgan Alisher Navoiy har bir asarida insonni ulug‘lagani, ezgu va bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib qilgani, bebaho ijodiy merosi bilan turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgani, bu ma’naviy boylikni asrab-avaylash avlodlar oldidagi insoniy burch ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina o‘tkazilib, bilimli yoshlar turfa kitoblar bilan taqdirlandi. Jahonga mashhur g‘azallar yod aytilib, sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech