Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining sayyor majlisi o‘tkazildi.
Unda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-modda (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)lari, shuningdek Jinoyat kodeksi 169-moddasi (o‘g‘rilik) ikkinchi qismining “g” bandida nazarda tutilgan qilmishni sodir etgan fuqarolarga nisbatan qo‘lg‘atilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Qonunga xilof qilmishlar muhokama qilinib, ayblanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi.
Shundan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi raisi o‘rinbosari Akmal Mirzaxonov hamda o‘quv dargohida “tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Muloqotda sud-tergov amaliyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashilib, kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati