Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Akademiyada o‘qishni istaysizmi?”

27 Oktyabr 2024, 04:10

91

Poytaxtimizning 208-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

O‘quvchilarning harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish, ularni ichki ishlar organlarida xizmat qilishdek sharafli kasbga qiziqtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 100 nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.

Shu kuni yoshlar IIV akademiyasida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazining zamonaviy imkoniyatlari, sport majmuasida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdilar. Saf maydonida maxsus texnik vositalar va jangovar qurollar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Tanishuv davomida maktab bitiruvchilariga akademiyaga o‘qishga kirish tartibi va mezonlari tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech