IIV Akademiyasiga Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisher Navoiy”, “Katta qorasuv” hamda “Gulsanam” mahallarida istiqomat qiluvchi yoshlar tashrif buyurdi.
“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida yoshlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, sport va kitobxonlikni rivojlantirishga oid tadbirlar hamda “Oliy taʼlim muassasasida bir kun” shiori ostida maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish vazifalari belgilab o‘tilgan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda 100 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida yoshlar taʼlim muassasasida kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazida barpo etilgan “Akademiya tarixi” muzeyi, “Vatanparvarlik burchagi”, Cho‘lpon muzeyi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish burchagi” yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shundan so‘ng Akademiyaning Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar bilan sportning “Stol tennisi”, “Voleybol” “Armiya o‘yinlari”, “Milliy sport o‘yinlari” hamda “Shaxmat-shashka” bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Shuningdek yoshlarni turli xil yot g‘oyalar tasiriga tushib qolmasliglari, ularda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirilish maqsadida “Virtual makondagi kibertahdidlarning yoshlar ongiga taʼsiri va salbiy oqibatlari” mavzuida mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir so‘nggida axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Kibersport” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. “Alisher Navoiy” mahallasi yoshlari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bir kun davomida akademiyada bo‘lgan yoshlar bir olam taassurotlar bilan uylariga qaytishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati