Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

27 Oktyabr 2024, 05:10

87

O‘quv dargohida tajriba ustozlar va kursant qizlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yetuk ilmiy-pedagogik salohiyatga ega professor-o‘qituvchilar so‘z olib, jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, qizlar tarbiyasidagi muhim jihatlar, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikohning salbiy oqibatlari haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

* * *

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Uvaysiy” mahalla fuqarolar yig‘inida ochiq muloqot tashkil etildi.

“Mahalla yettiligi” tizimi vakillari, IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etgan uchrashuvda aholi bilan ishlash, hududlardagi muammolarni hal qilish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, tizim samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi. 

* * *

Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan targ‘ibot yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

Tadbirda IIV akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Ilhom Haydarov so‘zga chiqib, huquqiy ong va madaniyat, Vatanga sadoqat, daxldorlik, qonunga itoatkorlik, jamiyatda o‘rtanilgan odob-axloq tushunchalari haqida ma’ruza qilib, yoshlarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga, yurtimizning ertangi kuni uchun munosib bilim olishga dav’at qildi.

* * *

Harbiy tayyorgarlik kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada kursantlar to‘rt shart bo‘yicha bellashdilar.

Qiziqarli bahslar yakunida 2-bosqich kursanti Ilhomjon Ibrohimov birinchi, 3-bosqich kursanti Xurshidbek Mahmudov ikkinchi, 1-bosqich kursanti Ramazon Rahmonov uchinchi o‘rinni egalladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech