Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

25 Noyabr 2023, 03:11

781

Huquqni muhofaza qilish va Ichki ishlar vazirligi  akademiyalari o‘rtasida tajriba almashuv mashg‘uloti tashkil qilindi.

Mashg‘ulot davomida kursantlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, kadrlar tayyorlash tizimiga joriy qilingan ilg‘or yondashuvlari bilan tanishdilar.

Shu kuni Surishtiruv va dastlabki tergov kafedrasi qoshidagi “Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish” hamda “Sud ekspertizalarini o‘tkazish” xonalarida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar ko‘nikmalarni boyitishga xizmat qildi.

* * *

Toshkent viloyatidagi “Universal” majmuasida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan mahoratli sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqaning ayollar kurashi bahslarida 65 kg vaznda gilamga chiqqan IIV Akademiyasi kursanti Muyassar Kushmurotova raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

* * *

IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi qoshidagi “Yosh yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi” to‘garagi a’zolari ishtirokida viktorina o‘tkazildi.

Kursantlarning bilim salohiyatini mustahkamlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda fan olimpiadalariga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan viktorina test sinovi va savol-javob shartlaridan iborat bo‘ldi.

Bellashuv yakunida yuqori ballarni qo‘lga kiritgan iqtidorli kursantlar saralab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech