Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

25 Mart 2024, 10:03

547

Magistraturada yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning bilim salohiyatini xolisona va shaffof baholash orqali tizim uchun zamonaviy boshqaruv kadrlarini tayyorlash hamda ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar natijadorligini oshirishdir.

Shunga ko‘ra, “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilaridan “Ichki ishlar organlarining tergov faoliyatini boshqarish” o‘quv moduli, “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilaridan esa “Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etish” o‘quv moduli bo‘yicha imtihon qabul qilindi.

* * *

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universiteti tomonidan onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan mashg‘ulotni kafedra boshlig‘i, politsiya podpolkovnigi Kirill Ridchenko olib bordi. Onlayn muloqot so‘nggida kunduzgi ta’lim kursantlari xorij tajribasining muhim jihatlari bo‘yicha fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

* * *

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Umidxon Do‘stmurodov Bojxona institutida qo‘l jangidan master-klass o‘tdi.

Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan mashg‘ulot talabalarning jangovar ko‘nikmalarini oshirish, favqulodda sharoitlarda puxta harakatlanish qobiliyalini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

* * *

Akademiyada “Alfraganus” universiteti professori Gulnoz Ro‘zimatova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ixtisoslik kafedralari qoshidagi ilmiy to‘garaklar faollari va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tajribali mutaxassis mahalla institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar jinoyatchiligiga barham berishda ushbu tizimning o‘rni, ayni paytda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida atroflicha to‘xtaldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech