Magistratura o‘quv jarayoniga davlat organlari vakillari keng jalb qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulot mazkur tuzilma faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlandi. Bosh boshqarma boshlig‘i X. Dadaboyev milliy gvardiyaning vazifalari, vakolatlari hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorligiga batafsil to‘xtaldi.
* * *
Kunduzgi ta’limning birinchi bosqichida “jazoni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar uchun “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Mashg‘ulot jarayonida kursantlar o‘quv yili mobaynida egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlab, ustozlari va amaliyot xodimlaridan zarur tavsiyalar oldilar.
* * *
Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan “Kitob – biz uchun qadrli” shiori ostida yarmarka o‘tkazildi.
Kitobxonlikni ommalashtirish, yoshlarning bilim salohiyati va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Kitoblar olami” MCHJ o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazma davomida yoshlar o‘zlariga ma’qul kitoblarni xarid qilishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati