Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan viktorina o‘tkazildi.
Unda 1-o‘quv kursi kursantlaridan iborat beshta jamoa 3 shart bo‘yicha bellashdi. Qiziqarli va bahslarga boy o‘tgan viktorina yakunida “Adolat” jamoasi birinchi, “Evrika” jamoasi ikkinchi, “Bilimdonlar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
* * *
Poytaxtimizdagi “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari so‘z olib, internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan qimor o‘yinlari, tavakkalchilikka asoslangan bunday illatlarning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari, kiberxurujlardan himoyalanish yo‘llari haqida tushuncha berib o‘tishdi.
* * *
Kriminologiya kafedrasi tashabbusi bilan dolzarb mavzuda seminar-trening tashkil etildi.
Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotda ayollar jinoyatchiligining asosiy omillari, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat uchun javobgarlikni ta’minlash masalalari asosiy mavzu bo‘ldi.
Tadbir davomida universitet talabalari va akademiya kursantlari kasbiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan savollarga javob olishdi.
* * *
Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi tashkil etgan bellashuv kursantlarning bilim salohiyatini charxlashga xizmat qildi.
“Tezkor-savol javob”, “Mavzuga oid kazuslar” va “Sardorlar bellashuvi” shartlari ostida o‘tgan bellashuvda “Bilimdon miks” jamoasi g‘olib bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati