Poytaxtimizdagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida eng yaxshi maqola tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq etish va qonun ustuvorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llash istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan tanlov yakunida IIV Akademiyasi kursanti Toshmurod Abdurahmonov faxrli 3-o‘rinni egallab, diplom bilan taqdirlandi.
* * *
Akademiyaning “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari uchun munozara tashkil etildi.
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “Tezkor-qidiruv natijalarining daliliy ahamiyati: muammo va yechimlar” mavzuida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar tezkor-qidiruv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy-huquqiy asoslari, tezkor tadbirlarni o‘tkazish tartibi yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati